O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Qishloq xoʻjaligi vaziri va Shvetsiyadagi elchi qishloq xoʻjaligidagi innovatsiyalarni muhokama qilishdi

UzDaily · 20.06.2026 · 22:50 · 28 views
Qishloq xoʻjaligi vaziri va Shvetsiyadagi elchi qishloq xoʻjaligidagi innovatsiyalarni muhokama qilishdi

Qishloq xoʻjaligi vaziri va Shvetsiyadagi elchi qishloq xoʻjaligidagi innovatsiyalarni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Raxmatulla Nurimbetov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Shvetsiyaning agrar tarmoqda qo‘llanilayotgan ilg‘or ishlanmalari, xususan urug‘larni ekologik xavfsiz usulda zararsizlantirish va sifatini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion texnologiyalar, shuningdek resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan zamonaviy yechimlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tomonlar Shvetsiyaning ilmiy-tadqiqot markazlari va innovatsion kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda amaliy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish istiqbollarini muhokama qildilar.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish, baliqchilik tarmog‘ida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida rasmiylar qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

UzDaily · 👁 28 views · 20.06.2026 · 22:50