Iqtisod

Qaşqadaryoda uçta GESdan iborat kaskad işga tuşirildi

Qaşqadaryoda uçta GESdan iborat kaskad işga tuşirildi
Qaşqadaryoda uçta GESdan iborat kaskad işga tuşirildi / Foto: “Özbekgidroenergo” AJ.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi doirasida Oqsuv daryosida umumiy quvvati 24 MVt bölgan uçta yangi gidroelektr stansiyasi işga tuşirildi. Stansiyalar “Özbekgidroenergo” AJ tomonidan qurilgan bölib, ular viloyatning energetika salohiyatini mustahkamlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.

Investitsiya loyihalari Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 avgustdagi 497-son qarori hamda Prezidentning 2026 yil 1 maydagi «Gidroenergetikani yana-da rivojlantiriş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-163-son qarori ijrosi doirasida amalga oşirildi.

Obyektlar Oqsuv daryosining gidroenergetik salohiyatidan oqilona foydalaniş asosida qurilgan bölib, viloyat energetika infratuzilmasini mustahkamlaydi.

Majmua tarkibiga nimalar kiradi?

Yangi gidroenergetika majmuasi 6,2 MVt quvvatga ega Rabot GESi, 7,5 MVt quvvatli Çappasuy GESi va 10,3 MVt quvvatli Tamşuş GESini öz içiga oladi. Umumiy quvvati 24 MVt bölgan uçta stansiyadan iborat kaskad daryo suvining tabiiy energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi va mamlakat energetika tizimiga qöşimça quvvat beradi.

GESlarning işga tuşirilişi mahalliy gidroenergetika imkoniyatlaridan töliq foydalaniş va energiya manbalarini diversifikatsiya qilişda alohida ahamiyatga ega.

Iqtisodiy va ekologik samara

GESlar kaskadi yiliga örtaça 105,1 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarişi kutilmoqda. Bu har yili qariyb 31,5 mln kub metr tabiiy gaz va 45–50 ming tonna kömirni tejaş imkonini beradi. Loyiha an’anaviy yoqilğiga bölgan ehtiyojni kamaytiriş, atmosferaga zararli moddalar çiqarilişini qisqartiriş va ekologik barqarorlikni oşirişga yordam beradi.

Oqsuv daryosidagi yangi GESlar yiliga qariyb 44 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaşi mumkin.

Bunday loyihalar aholi va iqtisodiyotning elektr energiyasiga bölgan talabini qondiriş, hududlarning energetik barqarorligini oşiriş hamda “yaşil” iqtisodiyotga ötiş jarayonini jadallaştirişga xizmat qiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.