Qatarlik investorlar BioPharma Citydagi loyihalarni o'rganmoqdalar
Qatarlik investorlar BioPharma Citydagi loyihalarni o'rganmoqdalar
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Qatar Davlati vakili, investor Sheikh Mansoor Bin Khalifa Al Thani hamda Toothrocket Labs kompaniyasi direktori Syed Amer bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar o‘z faoliyati, innovatsion ishlanmalari hamda sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan startap loyihalari haqida maʼlumot berdilar.
Shuningdek, mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun "BioPharma City" farmatsevtika klasterida yaratilgan zamonaviy infratuzilma, ilmiy salohiyat va qulay investitsiya muhitini yuqori baholadilar.
Agentlik direktori O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda o‘zaro ishonchli hamkorlikni taʼkidlab, sunʼiy intellekt, biotexnologiya va farmatsevtika sohalaridagi innovatsion tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Bunday loyihalar mamlakat farmatsevtika sanoatini rivojlantirish hamda aholi salomatligi yo‘lida zamonaviy yechimlarni joriy etishga xizmat qilishini taʼkidladi.