O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Qarshida is gazidan zaharlangan erkak va uning uch farzandi vafot etdi

UzDaily · 19.12.2024 · 19:41 · 950 views
Qarshida is gazidan zaharlangan erkak va uning uch farzandi vafot etdi

Qarshida is gazidan zaharlangan erkak va uning uch farzandi vafot etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida erkak kishi va uning uch nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

17-dekabr kuni ertalab 46 yoshli erkak, uning o‘g‘li va ikki qizining jasadlari o‘z uylarida topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, is gazi zamonaviy isitish qozonining moridan chiqib, umumiy ventilyatsiya tizimiga kirgan. Qozon uyning yerto‘lasida o‘rnatilgan bo‘lgan.

Hodisa bo‘yicha prokuratura tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

UzDaily · 👁 950 views · 19.12.2024 · 19:41