O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Qanot Sharq 24 iyundan Tel-Avivga reyslarni tiklaydi

UzDaily · 11.06.2026 · 13:15 · 416 views
Qanot Sharq 24 iyundan Tel-Avivga reyslarni tiklaydi

Qanot Sharq 24 iyundan Tel-Avivga reyslarni tiklaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasi 2026 yil 24 iyundan boshlab O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanishini eʼlon qildi.

Tashuvchi kompaniya maʼlumotiga ko‘ra, parvozlar Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent hamda Samarqand — Tel-Aviv — Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Aviaqatnovlarning qayta tiklanishi yo‘lovchilar uchun transport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, ishbilarmonlik safarlari, turistik tashriflar, shuningdek, qarindoshlar va do‘stlarnikiga safarlarni qamrab oladi.