Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
            Telegram kanalimizga obuna bo'ling
         
                            
                                Belarus Respublikasi Milliy majlisi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 26-avgust kuni Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari, ikkinchi O‘zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumida ishtirok etishi nazarda tutilgan.
Ayni vaqtda mazkur biznes-forum doirasida ikki mamlakat ayol tadbirkorlari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga doir mavzular bo‘yicha qator seksiya yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda.