O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

O‘zbekiston va Eron hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tmoqda

UzDaily · 18.11.2024 · 17:54 · 1701 views
O‘zbekiston va Eron hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tmoqda

O‘zbekiston va Eron hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 15 noyabr kuni «InnoWeek.uz-2024» xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbek-Eron innovatsion texnologiyalar biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda 80 nafardan ortiq kompaniyalar, eronlik va o‘zbekistonlik tadbirkorlar, ilm-fan, davlat boshqaruv organlari, hokimlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Xalimjon Safarov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi rahbarlari hamda tadbirkorlar o‘z ma’ruzalarida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, shuningdek, innovatsion va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi pog‘onaga chiqarish dolzarb ekanligini bildirdilar.

Forumda so‘zga chiqqan Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammadali Iskandariy ikki mamlakat o‘rtasida texnologiyalar sohasidagi hamkorlikning muhim jihatlarini sanab o‘tdi:

Birinchidan, texnologiyalar sohasida kiritilgan har qanday xarajat kattaroq foyda keltiradi.

Ikkinchidan, xalq farovonligi va taraqqiyoti texnologik mahsulotlar ishlab chiqarilishiga bog‘liq. U

chinchidan, texnologiyalar sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish ancha qiyinroq va og‘irroqdir.

To‘rtinchidan xorijiy hamkasblar bilan hamkorlik qilmasdan turib texnologiyalar sohasida taraqqiyotga erishish qiyin bo‘ladi, — deya ta’kidlab o‘tdi elchi.

Farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va veterinariya, axborot texnologiyalari, neft-gaz va kimyoviy texnologiyalar, konchilik va metallurgiya sanoati sohalarida bo‘lib o‘tgan B2B uchrashuvlarda eronlik tadbirkorlar o‘zbekistonlik hamkorlari bilan yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish istagini bildirdilar.