O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

“O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti Kanadada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

UzDaily · 06.11.2024 · 00:10 · 2505 views
“O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti Kanadada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti Kanadada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5-noyabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining reysi homilador yo'lovchida erta to’lg’oq boshlangani sababli Kanadaga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, HY101 reysi Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan. Parvoz chog‘ida uchuvchi bortdagi favqulodda vaziyat tufayli samolyotni Guz-Baydagi (Kanada) muqobil aerodromga yo‘naltirishga qaror qildi.

Qo‘nish Toshkent vaqti bilan soat 20:50 da sodir bo‘lib, tibbiyot xodimlari samolyotga chiqishdi. Natijada yo‘lovchini kasalxonaga yotqizish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu reysning samolyoti aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan edi