Oʻzbekiston va BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi aylanma iqtisodiyot boʻyicha hamkorlikni rivojlantirmoqda
Oʻzbekiston va BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi aylanma iqtisodiyot boʻyicha hamkorlikni rivojlantirmoqda
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ishchi tashrifi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi Tatyana Molchan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanovni qabul qildi.
Suhbat jarayonida O‘zbekistonda aylanma iqtisodiyot bo‘yicha BMT YeIK bilan hamkorlikni rivojlantirish va chiqindilarni boshqarish sohasini jadal raqamlashtirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda Bazel konvensiyasi mintaqaviy markazini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonning BMT YeIK bilan aylanma iqtisodiyot, ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni boshqarishni raqamlashtirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari bo‘yicha hamkorligi muhimligi ta’kidlandi.