O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

The New York Times gazetasi O'zbekistonda turizmning gullab-yashnaganini ta'kidladi

UzDaily · 19.06.2026 · 17:05 · 35 views
The New York Times gazetasi O'zbekistonda turizmning gullab-yashnaganini ta'kidladi

The New York Times gazetasi O'zbekistonda turizmning gullab-yashnaganini ta'kidladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — AQShning nufuzli nashrlardan biri “The New York Times” O‘zbekiston turizmning jadal rivojlanayotgani haqida maqola e’lon qildi. Unda Toshkent, Samarqand va boshqa tarixiy shaharlar xalqaro sayyohlar uchun tobora jozibador manzilga aylanayotgani ta’kidlangan.

So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, vizalarning soddalashtirilishi va transport infratuzilmasining yaxshilanishi O‘zbekistonni Ipak yo‘li merosiga qiziquvchi sayyohlar uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biriga aylantirdi. Mamlakatga tashrif buyuruvchilar sonining o‘sishi xalqaro ekspertlar va ommaviy axborot vositalari tomonidan ham qayd etilmoqda.

Maqolada Toshkentning zamonaviy qiyofasi alohida e’tirof etilgan. Poytaxtda yangi biznes markazlari, mehmonxonalar, madaniy maskanlar va qulay transport tizimi shakllanmoqda. Shu bilan birga shahar o‘zining tarixiy merosini ham saqlab qolgan bo‘lib, qadimiy bozorlar va me’moriy obidalar zamonaviy muhit bilan uyg‘unlashgan. 

Samarqand esa Ipak yo‘lining yuragi sifatida xalqaro sayyohlarni o‘ziga jalb etishda davom etmoqda. Registon maydoni, madrasalar, maqbaralar va boshqa noyob me’moriy yodgorliklar shaharni dunyoning eng mashhur tarixiy turistik markazlaridan biriga aylantirgan. Buxoro va Xiva kabi shaharlar ham mamlakatning boy madaniy merosini namoyon etuvchi muhim nuqtalar sifatida tilga olinadi.

Mutaxassislar fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida transport aloqalarining rivojlanishi va yangi turistik marshrutlarning paydo bo‘lishi mintaqaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. Temir yo‘l turizmi va qo‘shma sayohat dasturlari xorijlik mehmonlarga bir necha davlatlarni bir safar doirasida ko‘rish imkonini bermoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston nafaqat o‘zining tarixiy obidalari, balki mehmondo‘st xalqi, milliy taomlari, zamonaviy infratuzilmasi va xavfsiz turistik muhiti bilan ham xalqaro maydonda e’tirof etilmoqda. Ekspertlar mamlakatning turizm sohasidagi o‘sish sur’atlari yaqin yillarda ham davom etishini kutmoqda.

O‘zbekiston Ipak yo‘li merosini zamonaviy taraqqiyot bilan uyg‘unlashtirgan holda, Markaziy Osiyoning eng jozibador turistik markazlaridan biri sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda.

UzDaily · 👁 35 views · 19.06.2026 · 17:05