O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Pokistonning GO Group kompaniyasi Toshkent viloyatidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari tajribasini oʻrgandi

UzDaily tahririyati · 26.06.2026 · 15:10 · 28 views
Pokistonning GO Group kompaniyasi Toshkent viloyatidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari tajribasini oʻrgandi

Pokistonning GO Group kompaniyasi Toshkent viloyatidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari tajribasini oʻrgandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Yirik GO Group xolding kompaniyasining boʻlinmasi boʻlgan Pokistonning Go Dairy (Private) Limited kompaniyasi vakillarining Toshkent viloyatiga ishchi tashrifi yetakchi mintaqaviy agrosanoat majmualarida bir qator amaliy uchrashuvlar bilan davom etdi.

Delegatsiya dastlab Qibray tumanidagi "Kamilka" MChJda bo‘lib, korxonaning sutni qayta ishlash quvvatlari, ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalari hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, tashrif doirasida Bo‘stonliq tumanidagi "Agrover" kartoshka va urug‘chilik markazi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Mehmonlarga markazda kartoshkachilik va urug‘chilikni rivojlantirish, yuqori hosildor navlarni yetishtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Hamkorlar ilg‘or tajribalarni o‘rganish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat sanoati yo‘nalishlarida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.