O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Pekinda Xitoy-Yevropa multimodal koridorining istiqbollari va avtomobil transportini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi

Dilafro'z Niyazova · 10.07.2025 · 10:55 · 454 views
Pekinda Xitoy-Yevropa multimodal koridorining istiqbollari va avtomobil transportini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi
Pekinda Xitoy-Yevropa multimodal koridorining istiqbollari va avtomobil transportini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pekin shahriga amalga oshirilgan xizmat safari davomida transport vaziri Ilhom Maxkamov va Xitoy Xalq Respublikasi transport vaziri Lyu Vey o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

Tomonlar uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda erishilgan sezilarli yutuqlarni ta’kidlab, yirik infratuzilma va transport-logistika loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning asosiy jihatlarini muhokama etishdi.

Bular qatorida "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘lini qurish, "Xitoy – Yevropa" multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnoma blankalarini elektron tarzda almashishga o‘tish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.