Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi

Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi

Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
 
Farmonga ko‘ra, 2026 yil hosilidan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada to‘lovlar agentligi (Agentlik) tomonidan quyidagilar kompensatsiya qilinadi. Ppaxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni:
 
shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foizning 2,5 foizlik punkti;
 
hosil yilining yakuniga (31 dekabriga) qadar qaytargan xo‘jaliklarga kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 5 foizlik punkti;
 
bug‘doy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1 avgustiga qadar to‘liq qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovining 4 foizlik punkti;
 
paxta xomashyosini xarid qilish uchun paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga ajratilgan tijorat kreditlari bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovining 8 foiz punktidan yuqori, lekin 16 foizpunktdan oshmagan qismi.

Dizel yoqilg‘isini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qisman qoplash maqsadida:
 
2026 yil 1 apreldan 2026 yil 1 iyulgacha qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan birja orqali xarid qilingan har bir tonna dizel yoqilg‘isi qiymatining 13 mln so‘mdan oshgan qismi uchun, biroq 2 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda respublika byudjeti hisobidan Agentlik orqali subsidiya ajratiladi.
 
2026 yil 1 sentyabrdan Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining xo‘jaliklarga quyidagi subsidiyalarni ajratish vakolati Agentlikka o‘tkaziladi:
 
qishloq xo‘jaligi subyektlariga o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosini birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab berish;
 
paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismini qoplab berish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling