O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Parkent tumani Xitoydan 15 million dollarlik investitsiyalarni jalb qildi

UzDaily · 24.05.2026 · 21:30 · 598 views
Parkent tumani Xitoydan 15 million dollarlik investitsiyalarni jalb qildi
Parkent tumani Xitoydan 15 million dollarlik investitsiyalarni jalb qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Parkent tumani delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib o'tgan Uchinchi O'zbekiston-Xitoy mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etdi.

Forum doirasida Parkent tumani hokimi Elmurod Poʻlatov tomonidan Xitoyning yirik kompaniyalari va investorlar bilan qator uchrashuv hamda muzokaralar oʻtkazildi.

Muzokaralar yakunida umumiy qiymati 15 million AQSH dollariga teng boʻlgan investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi.

Mazkur loyihalar hududda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda iqtisodiy faollikni yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ushbu hamkorliklar Parkent tumanining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bilan birga, hudud iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.