O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“Oʻzeltexsanoat” kompaniyasi Entalpia Europe bilan hamkorlikni muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 12.07.2026 · 11:35 · 28 views
“Oʻzeltexsanoat” kompaniyasi Entalpia Europe bilan hamkorlikni muhokama qildi

“Oʻzeltexsanoat” kompaniyasi Entalpia Europe bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Polshaga tashrifi doirasida Entalpia Europe kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Entalpia Europe 2016-yildan buyon HVAC-R, ya’ni isitish, shamollatish, konditsionerlash va sovitish tizimlari uchun zamonaviy yechimlar taklif etib kelmoqda. Kompaniya sovitish agentlari, konditsionerlar, konditsionerlash tizimlari uchun montaj aksessuarlari, shamollatish klapanlari, diffuzorlar, egiluvchan havo kanallari va fitinglar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Bugungi kunda kompaniya Italiya, Skandinaviya, Germaniya, Gretsiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida ko‘plab biznes hamkorlari hamda faol distribyutorlik tarmog‘iga ega.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot assortimenti, sifat nazorati, ombor va logistika imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.

Muzokaralarda O‘zbekiston korxonalari bilan sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, HVAC-R mahsulotlarini mahalliylashtirish, mis quvurlar va montaj komponentlarini ishlab chiqarish, texnologiya va tajriba almashish hamda o‘zaro mahsulot yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.