O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“Oʻzeltexsanoat” Gruziya portlarining eksport salohiyatini baholadi

UzDaily tahririyati · 04.07.2026 · 18:45 · 28 views
“Oʻzeltexsanoat” Gruziya portlarining eksport salohiyatini baholadi

“Oʻzeltexsanoat” Gruziya portlarining eksport salohiyatini baholadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga rasmiy tashrifi davomida transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov Poti va Batumi dengiz portlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida port terminallarining infratuzilmasi, eksport yuklarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonlari hamda elektrotexnika mahsulotlarini tashishda logistika samaradorligini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Yevropa va Afrika bozorlariga eksportni kengaytirishda Gruziya portlarining tranzit salohiyatidan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrif mahalliy elektrotexnika korxonalarining eksport imkoniyatlarini kengaytirish, logistika zanjirlarini takomillashtirish hamda xalqaro transport yoʻlaklaridan samarali foydalanishga qaratilgan amaliy ishlarning muhim bosqichi boʻldi.