O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“Oʻzbekneftgaz” AJ INOVA’dan seysmik uskunalarni sotib olishni muhokama qildi

UzDaily · 16.06.2026 · 12:20 · 31 views
“Oʻzbekneftgaz” AJ INOVA’dan seysmik uskunalarni sotib olishni muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ INOVA’dan seysmik uskunalarni sotib olishni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 16–18 iyun kunlari poytaxt V-Toshkent xalqaro investitsiya forumiga mezbonlik qiladi.

Xalqaro tadbir doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov AQShning «INOVA» kompaniyasining mintaqaviy direktori Jan Janyuar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2026 yilgi forum “Investitsiyalar barqarorligi: yangi ufqlar, yangi sheriklik” mavzusida tashkil etilib, dunyoning 100 ta davlatidan 3400 dan ortiq xorijiy delegat ishtirok etishi kutilmoqda.

Muloqot davomida tomonlar seysmoqidiruv ishlari uchun mo‘ljallangan 20 ming kanalli 2 ta zamonaviy seysmik kompleksni xarid qilish masalalarini atroflicha muhokama qilib oldilar. Loyiha doirasida jami 40 mingga yaqin nod va 24 ta seysmovibratorni yetkazib berish nazarda tutilgan.

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida loyihaning texnik va iqtisodiy jihatlari, shu jumladan shartnoma qiymatini maqbullashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mazkur hamkorlik geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda neft-gaz sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

UzDaily · 👁 31 views · 16.06.2026 · 12:20