Oʻzbekistonda faxriylar toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qayta koʻrib chiqish uchun yuborildi

Oʻzbekistonda faxriylar toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qayta koʻrib chiqish uchun yuborildi

Oʻzbekistonda faxriylar toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qayta koʻrib chiqish uchun yuborildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Faxriylar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi bilan faxriylar maqomi, toifalari hamda bu sohada mas’ul vazirlik va idoralarning vakolatlari belgilanmoqda. Shuningdek, faxriylarning huquqiy va ijtimoiy himoyasi, imtiyoz hamda kafolatlari mustahkamlanmoqda.

Loyihaga ko‘ra, muayyan bir soha, tarmoq yoki kasbda uzoq yillar mobaynida vijdonan namunali mehnat qilish orqali davlat hamda jamiyat e’tirofiga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslarga faxriy maqomi beriladi.

Mazkur maqomni olgan fuqarolar ijtimoiy jihatdan himoya, soliq hamda pensiya imtiyozlaridan foydalanish kabi bir qator huquqlarga ega bo‘ladi.

Xususan, sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalarida bepul davolanish, uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarini olish, shahar transportida bepul yurish, havo va temir yo‘l chiptalarida chegirmalar, davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish kabi bir qator imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Shuningdek, faxriylarning sog‘lomlashtirish muassasalarida dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanishi, madaniyat va ko‘ngilochar muassasalar (sport, teatr, moddiy madaniy meros ob’ektlari) hamda muzeylarning pulli xizmatlaridan imtiyozli foydalanishi belgilanmoqda.

Majlisda deputatlar tomonidan loyiha yuzasidan ayrim e’tirozlar bildirildi. Undagi ayrim moddalarni qayta ishlash va maromiga yetkazish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Qonun loyihasi mas’ul qo‘mita tomonidan takomillashtiriladigan bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling