O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston vizasiz rejimga ega davlatlar ro‘yxatini kengaytirmoqchi

UzDaily tahririyati · 16.07.2026 · 19:55 · 28 views
O‘zbekiston vizasiz rejimga ega davlatlar ro‘yxatini kengaytirmoqchi

O‘zbekiston vizasiz rejimga ega davlatlar ro‘yxatini kengaytirmoqchi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarining xalqaro safarlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «Dolzarb viza» oyligini boshlaganini eʼlon qildi. Tashabbus O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilmoqda.

Oylik davomida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari vizasiz rejimni kengaytirish, viza rasmiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda zamonaviy viza mexanizmlarini joriy etish masalalari bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarni faollashtiradi.

Asosiy eʼtibor O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz safarlar to‘g‘risidagi bitimlarni tuzish, elektron vizalardan foydalanishni kengaytirish, shuningdek, kirish hujjatlarini rasmiylashtirishning boshqa soddalashtirilgan tartiblarini rivojlantirishga qaratiladi.

Tashqi ishlar vazirlida taʼkidlashicha, mazkur tashabbusni amalga oshirish fuqarolarning xorijga chiqishi uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish, xalqaro harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mamlakatning ochiq va faol tashqi siyosatini izchil amalga oshirishga xizmat qiladi.