O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Yaponiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 29.07.2026 · 15:25 · 20 views
Oʻzbekiston va Yaponiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Yaponiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston va Yaponiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Proud Partners kompaniyasi prezidenti Ryudzi Sudzuki bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Proud Partners xalqaro kadrlar tayyorlash, Specified Skilled Worker dasturi doirasida mutaxassislarni jalb etish, konsalting xizmatlari va investitsiyalar yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. Kompaniya tomonidan Angren shahrida Uzbekistan Proud Academy o‘quv markazi tashkil etilgan.

Tomonlar Yaponiya kapitalini bank-moliya sohasi, ko‘chmas mulk, turizm va infratuzilma yo‘nalishlariga jalb etish, shuningdek, akademiya faoliyatini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Kasb-hunar ta’limi va mehnat mobilligi sohasidagi qo‘shma loyihalar, yapon investorlarining davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonidagi ishtiroki hamda istiqbolli tashabbuslarni moliyalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.