O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

Oliy Majlis Senati turizm sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 29.07.2026 · 15:55 · 24 views
Oliy Majlis Senati turizm sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini muhokama qildi
Oliy Majlis Senati turizm sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini muhokama qildi / Foto: Oliy Majlis Senati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Narbaeva boshchiligida boʻlib oʻtgan yigʻilishida turizm sanoatini yanada rivojlantirish va uning mamlakat iqtisodiyotiga qoʻshadigan hissasini oshirish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Turizm qo‘mitasi raisi A. Aqqulovning sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar yuzasidan hisoboti tinglandi. 

Hisobotda birinchi yarim yillikda xizmatlar sohasi qariyb 17 foizga o‘sganligi va bunda turizm xizmatlarining ulushi salmoqli darajada ortganligi, shuningdek, so‘nggi yillarda turizm milliy iqtisodiyotimizning strategik jihatdan muhim sektori sifatida rivojlanib borayotganligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, turizm sohasini yangi bosqichga olib chiqish, uni zamonaviy boshqaruv usullari asosida rivojlantirish, hududlarning turistik infratuzilmasini yaxshilash, yuqori daromadli sayyohlar oqimini ko‘paytirish, hamda tibbiy, gastronomik, MICE, ekoturizm, qishki va ekstremal turizm kabi istiqbolli yo‘nalishlarni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.