O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Xitoy yangi temir yoʻl qurilishini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 16.07.2026 · 16:50 · 35 views
Oʻzbekiston va Xitoy yangi temir yoʻl qurilishini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Xitoy yangi temir yoʻl qurilishini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vaziri Ilhom Maxkamov “Xitoy davlat temir yo‘llari” korporatsiyasi boshqaruvi a’zosi, rais o‘rinbosari Van Szinsi bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi transport sohasidagi hamkorlik, shuningdek, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi loyihasi muhokama qilindi.

Tomonlar qurilish ishlari belgilangan jadvalga muvofiq olib borilayotganini qayd etib, loyiha mintaqaviy transport yo‘laklarini rivojlantirish, xalqaro yuk tashish hajmini oshirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Shuningdek, Xitoydan Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali o‘tadigan mavjud multimodal yo‘lakning jozibadorligini oshirish, logistikani takomillashtirish hamda Qashg‘ar chegara stansiyasiga “eksport” maqomini berish imkoniyatini ko‘rib chiqish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qurilish ishlarining borishini muntazam kuzatib borishga, shuningdek, amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va transport sohasidagi barcha yo‘nalishlarda yaqin aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.