O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Singapur investitsiya hamkorligini kengaytirmoqda: Singapurga tashrif natijalari

UzDaily tahririyati · 24.06.2026 · 18:30 · 35 views
Oʻzbekiston va Singapur investitsiya hamkorligini kengaytirmoqda: Singapurga tashrif natijalari

Oʻzbekiston va Singapur investitsiya hamkorligini kengaytirmoqda: Singapurga tashrif natijalari

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 21-22 iyun kunlari Singapurga amaliy tashrif doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o'rinbosari Ilzat Kasimov Meinhardt, Wilmar International va Temasek Holdings kabi yetakchi korporatsiyalar rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, shuningdek, sanoat ishlab chiqarishi, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, logistika va barqaror taraqqiyot sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Wilmar International kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda omixta yem va un ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish loyihasiga alohida e'tibor qaratib, uni muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarish bo'yicha aniq qadamlarni belgilab oldilar.

Dastur O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirokida tashkil etilgan davra suhbati bilan davom etdi. Unda Singapore Technologies Engineering, Meta, Franklin Templeton, StoneX, Tasca va Quest Ventures kabi 30 dan ortiq yirik kompaniyalar vakillari qatnashdi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar ikkala tomon ham savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini yaqqol namoyon etdi.

UzDaily tahririyati · 👁 35 views · 24.06.2026 · 18:30