O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Shveytsariya ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

UzDaily · 20.11.2025 · 12:39 · 1185 views
Oʻzbekiston va Shveytsariya ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Shveytsariya ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 18-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, investitsion, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar hamkorlik va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari va istiqbollari muhokama qilindi. 2026-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejalari ko‘rib chiqildi.

Asosiy urg‘u ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rtasidagi 16-oktabr kuni Bern shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida kelishilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi.

Uchrashuv yakunida bir qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlislari, “Shveysariya iqtisodiyoti kunlari O‘zbekistonda”, shuningdek delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari.