Shoshilinch
Madaniyat

O'zbekiston va YUNESKO madaniy merosni saqlab qolish loyihalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va YUNESKO madaniy merosni saqlab qolish loyihalarini muhokama qilishdi
O'zbekiston va YUNESKO madaniy merosni saqlab qolish loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — YUNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasi doirasida Pusan shahrida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova va YUNESKO Butunjahon merosi markazi direktori Lazar Elundu Assomo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, jumladan, “Poyi Kalon” majmuasini restavratsiya qilish hamda Buxoro shahridagi “Shahriston” hududida ochiq osmon ostidagi arxeologiya muzeyini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, kelgusida YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish uchun “Zomin tog‘lari” nominatsiyasini tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.