Oʻzbekiston va Ruminiya neft va gaz sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Ruminiya neft va gaz sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Fozil Mahmudov Ruminiyaning “INCEPTION ELITE LLC” kompaniyasi Direktorlar kengashi raisi Ramona Manesku bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasida neft-gaz sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar sohaga oid ilg‘or tajribalar almashinuvi, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash va istiqbolli loyihalarni birgalikda o‘rganish yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqot yakunida ikki kompaniya faoliyatini chuqurroq o‘rganish, hamkorlikning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish hamda istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqish maqsadida ishchi guruh tashkil etishga kelishib olindi.