Oʻzbekiston va O‘mon iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va O‘mon iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 1-iyul kuni Masqat shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘mon Sultonligi iqtisodiy masalalar bo‘yicha Bosh vaziri o‘rinbosari devoni Bosh kotibi Ya’rub bin Abdulloh al-Ya’rubiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda sanoat sohalaridagi keng ko‘lamli, o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, kelishilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.