O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va OTB chiqindilarni boshqarish sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

UzDaily · 23.06.2026 · 11:35 · 30 views
Oʻzbekiston va OTB chiqindilarni boshqarish sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

Oʻzbekiston va OTB chiqindilarni boshqarish sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning O‘zbekistondagi suv va shahar infratuzilmasi loyihalari doirasida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanov hamda missiya rahbari, OTBning Sektorlar departamenti Suv va shahar taraqqiyoti sektori direktori Jingmin Huang xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida OTB va Agentlik hamkorligida olib borilayotgan amaldagi loyihalar, ularning joriy holati hamda istiqboldagi rejalar, yangi loyihalar yuzasidan atroflicha muzokaralar olib borildi.

Tomonlar chiqindilarni boshqarish sohasini yanada rivojlantirishda jumladan hududlarda zamonaviy infratuzilmani joriy etish hamda xalqaro tajribani keng tatbiq etish masalalari yuzasidan hamkorlikni mustahkamlashni ta’kidlashdi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro samarali hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

UzDaily · 👁 30 views · 23.06.2026 · 11:35