O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va IMBSU Steel quvur liniyasi boʻyicha shartnoma imzoladilar

UzDaily · 18.06.2026 · 19:00 · 33 views
Oʻzbekiston va IMBSU Steel quvur liniyasi boʻyicha shartnoma imzoladilar

Oʻzbekiston va IMBSU Steel quvur liniyasi boʻyicha shartnoma imzoladilar

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ va Xitoyning “IMBSU Steel Industry” kompaniyasi o‘rtasida quvur mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur hujjat neft-gaz tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish va infratuzilma loyihalarini sifatli quvur mahsulotlari bilan ta’minlash, tarmoqdagi texnologik barqarorlikni mustahkamlash hamda ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Qayd etish joizki, hamkorlik doirasida joriy yil may oyida tomonlar o‘rtasida shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilib, asosiy texnik va tijorat shartlari kelishib olingan edi.

Imzolangan shartnoma doirasida zamonaviy standartlarga javob beradigan quvur mahsulotlarini yetkazib berish, ular sifatini nazorat qilish hamda loyihalarni o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha hamkorlik amalga oshiriladi.

Ushbu kelishuv “O‘zbekneftgaz” AJning yirik investitsiya va ishlab chiqarish loyihalarini barqaror material-texnik resurslar bilan ta’minlash, sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish va infratuzilmani yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

UzDaily · 👁 33 views · 18.06.2026 · 19:00