O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Chexiya oʻrtasida ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolandi

Oʻzbekiston va Chexiya oʻrtasida ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolandi
Oʻzbekiston va Chexiya oʻrtasida ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish Kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.

Shuningdek, iqtisodiyot, sanoat, ilmiy va texnologik hamkorlik, diplomatik kadrlarni tayyorlash, metrologiya laboratoriyasini birgalikda loyihalashtirish va tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash, metrologiya sohasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlik, geologiya sohasidagi hamkorlik, elektropoyezdlarni yetkazib berish toʻgʻrisida va boshqa ikki tomonlama kelishuvlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.