Oʻzbekiston va Berko Ilach farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Berko Ilach farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Turkiyaning “Berko İlaç” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Agentlik tomonidan mamlakatimizda tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “Bio Pharma City” doirasida tashkil etilayotgan biofarmatsevtika ekotizimi, klinik tadqiqotlar infratuzilmasi, mahalliylashtirish jarayonlari hamda xalqaro investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
“Berko İlaç” kompaniyasi vakillari O‘zbekiston bozorini istiv,mjmjjjjnqvbolli yo‘nalish sifatida baholab, mahalliy ishlab chiqarish, texnologiyalar transferi, klinik tadqiqotlar, GMP tizimlarini takomillashtirish hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha hamkorlikka qiziqish bildirdilar.
Shuningdek, uchrashuvda Turkiyaning xususiy tibbiyot tizimi tajribasi, tibbiyot turizmi, raqamli sog‘liqni saqlash yechimlari va xususiy shifoxonalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar tibbiyot va farmatsevtika sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, mahalliylashtirish va texnologiyalar transferi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, texnik darajadagi muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.