Oʻzbekiston va Belarus ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Belarus ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Belarus ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Minsk shahrida Belarus Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Lukashevich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston–Belarus munosabatlarining hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitayotgani qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, transport-logistika aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim, madaniyat va gumanitar sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, konsullik-huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari atroflicha koʻrib chiqildi. Xususan, migratsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat konsullik muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling