O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Senati va Koreya Parlamenti hamkorlikni muhokama qildi

UzDaily · 17.06.2026 · 17:05 · 25 views
Oʻzbekiston Senati va Koreya Parlamenti hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Senati va Koreya Parlamenti hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining Madaniyat, turizm va sport qo‘mitasi raisi, Koreya–O‘zbekiston parlamentlararo hamkorlik guruhi rahbari Kim Gyo Xon boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Koreya parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, parlament qo‘mitalari va parlamentlararo hamkorlik guruhlarining o‘zaro aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda davlat rahbarlari o‘rtasidagi faol siyosiy muloqot davlatlararo munosabatlarga yangi surʼat bag‘ishlagan. Shu maʼnoda parlament diplomatiyasi erishilgan kelishuvlarni tatbiq etish va yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim o‘rin tutmoqda.

Suhbat chog‘ida taʼkidlanganidek, Koreya Respublikasi O‘zbekistonning ishonchli do‘sti va vaqt sinovidan o‘tgan yaqin hamkoridir.

Kim Gyo Xon O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlikning chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanini taʼkidlab, mazkur munosabatlar qadimiy Buyuk Ipak yo‘li anʼanalariga tayanishini qayd etdi. Bugungi kunda esa Yangi Ipak yo‘li konsepsiyasi, xususan, Innovatsion Ipak yo‘li strategiyasi doirasida ikki mamlakatning iqtisodiy, raqamli hamda madaniy aloqalari izchil rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiya va innovatsiyalar, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarining muhim ustunlariga aylanadi, degan yakdil fikr bildirildi.

UzDaily · 👁 25 views · 17.06.2026 · 17:05