O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi soʻnggi 35 yil ichida Oʻzbekistonning asosiy koʻrsatkichlarini eʼlon qildi

Dilafro'z Niyazova · 28.08.2026 · 10:50 · 25 views
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi soʻnggi 35 yil ichida Oʻzbekistonning asosiy koʻrsatkichlarini eʼlon qildi
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi soʻnggi 35 yil ichida Oʻzbekistonning asosiy koʻrsatkichlarini eʼlon qildi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mamlakat mustaqillik yillaridagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqdim etdi. Palata 1991 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan turli davrlarga oid maʼlumotlarni o‘zaro taqqosladi.

SSP maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi 1991 yildagi 20,6 million kishidan 2026 yil 1 yanvar holatiga 38,2 million kishiga yetgan.

Yalpi ichki mahsulot hajmi 1994 yildagi 6,4 milliard dollardan 2025 yilda 147,1 milliard dollarga oshgan. Shu davrda tashqi savdo aylanmasi 1991 yildagi 3,3 milliard dollarga nisbatan 82,8 milliard dollarga yetgan.

Mamlakat eksporti 2025 yilda 34,2 milliard dollarni tashkil etgan. 1991 yilda esa eksport hajmi 1,8 milliard dollar deb baholangan. Investitsiyalar hajmi 1991 yildagi 1,1 milliard dollardan 2025 yilda 48,5 milliard dollarga oshgan.

Sanoat va qurilish sohalarida ham sezilarli dinamika qayd etilgan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1991 yildagi 3 milliard dollardan 2025 yilda 87,5 milliard dollarga oshgan. Qurilish ishlari hajmi esa 1995 yildagi 611 million dollardan 2025 yilda 25 milliard dollarga yetgan.

Mustaqillik yillarida taʼlim muassasalari tarmog‘i ham kengaydi. Oliy taʼlim tashkilotlari soni 1991/1992 o‘quv yilidagi 52 tadan 2025/2026 o‘quv yilida 215 taga yetgan. Umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari soni ham shu davrda 8 557 tadan 11 118 taga oshgan.

Shifoxonalar soni ham ko‘paygan — 1991 yildagi 1 388 tadan 2024 yilda 1 972 taga yetgan. Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991 yildagi 66,4 yoshdan 2025 yilda 75,4 yoshga oshgan.

Xonadonlarni avtomobillar va mobil telefonlar bilan taʼminlash darajasida ham o‘zgarishlar kuzatilgan. 2010 yilda har 100 ta xonadonga 21 ta avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 61 taga yetgan. Shu davrda har 100 ta xonadonga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 145 tadan 359 taga oshgan.

Turistik oqim ham ko‘paygan. Agar 2012 yilda O‘zbekistonga 1,9 million nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2025 yilda ularning soni 11,7 million kishiga yetgan.

1 yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni ham 2010 yildagi 201 mingtadan 2025 yilda 474,9 mingtaga oshgan.