O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Oʻzbekiston Islom birdamlik oʻyinlarida yana 13 ta medalni qoʻlga kiritdi

Dilafro'z Niyazova · 19.11.2025 · 14:09 · 7402 views
Oʻzbekiston Islom birdamlik oʻyinlarida yana 13 ta medalni qoʻlga kiritdi
Oʻzbekiston Islom birdamlik oʻyinlarida yana 13 ta medalni qoʻlga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston delegatsiyasi 18-noyabr kuni VI Islom birdamlik oʻyinlarida muvaffaqiyatli chiqishlarini davom ettirib, toʻrtta oltin, toʻrtta kumush va beshta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Oltin medallar:

Alisher Gʻaniyev (yunon-rum kurashi, -60 kg)

Ibrohim Mahkamov (yengil atletika, uch hatlab sakrash)

Amir Nagayev (yengil atletika, balandlikka sakrash)

Nodir Norboyev (yengil atletika, oʻnkurash)

Kumush medallar:

Yorqinbek Odilov (para yengil atletika, disk uloqtirish)

Ilyas Molina (qilichbozlik, rapira)

Sevara Rahimova (qilichbozlik, shpaga)

Zahiriddin Shokirov (yengil atletika, oʻnkurash)

Bronza medallar:

Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi, -67 kg)

Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi, -77 kg)

Radmir Semeneyev (qilichbozlik, rapira)

Shahzoda Egamberdiyeva (qilichbozlik, shpaga)

Zarinaxon Nosirjonova (yengil atletika, bosqon uloqtirish)