O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston Indoneziyaga quritilgan mevalar eksportini kengaytirmoqda

UzDaily tahririyati · 02.07.2026 · 16:30 · 37 views
Oʻzbekiston Indoneziyaga quritilgan mevalar eksportini kengaytirmoqda

Oʻzbekiston Indoneziyaga quritilgan mevalar eksportini kengaytirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Indoneziya Respublikasi Xalq maslahat kengashi Raisi Ahmad Muzani boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxo‘jayev hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov ishtirok etdilar.

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, logistika va investitsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish, muntazam biznes-missiyalar va B2B uchrashuvlarini tashkil etish, eksport salohiyatidan samarali foydalanish hamda xususiy sektor o‘rtasida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhim ekani taʼkidlandi.

Uchrashuvning amaliy natijasi sifatida O‘zbekiston va Indoneziya kompaniyalari o‘rtasida quritilgan mevalarni xarid qilish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv mahalliy eksportchilar uchun Indoneziya bozorida yangi imkoniyatlarni ochishi kutilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni yana-da faollashtirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.