Oʻzbekiston Endopharm va Valenta bilan farmatsevtika loyihalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Endopharm va Valenta bilan farmatsevtika loyihalarini muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizovning Rossiya Federatsiyasiga xizmat safari doirasida farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi “Endofarm” va “Valenta” kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
“Endofarm” kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muloqotda O‘zbekistonning farmatsevtika sohasidagi investitsiya imkoniyatlari taqdim etildi. Shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
“Valenta” kompaniyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot faoliyati, texnologiyalar transferi va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvlar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyaviy va ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish hamda amaliy muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.