O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston delegatsiyasi Suchjou shahrida farmatsevtika infratuzilmasi va tibbiy turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

UzDaily · 23.06.2026 · 14:55 · 22 views
Oʻzbekiston delegatsiyasi  Suchjou shahrida farmatsevtika infratuzilmasi va tibbiy turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Suchjou shahrida farmatsevtika infratuzilmasi va tibbiy turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda "Pharm Service" DM vakillari Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Suchjou shahrida farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohalarida faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

"Gusu Clean" kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralarda xalqaro GMP standartlariga muvofiq “clean room” (toza xona) tizimlarini joriy etish, farmatsevtika ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnologiyalar transferi va mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yangi korxonalarni tashkil etish va mavjud ishlab chiqarish obyektlarini xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

"Care Navigator" kompaniyasi bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida tibbiy turizmni rivojlantirish, xalqaro klinikalar hamkorligini kengaytirish va tibbiy xizmatlar eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mamlakatimizda tashkil etilgan Health Invest tashkiloti faoliyati taqdim qilinib, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma tibbiyot markazlarini tashkil etish, innovatsion diagnostika va davolash texnologiyalarini joriy etish hamda xalqaro bemorlar oqimini oshirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvlar O‘zbekistonda farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohalari infratuzilmasini takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

UzDaily · 👁 22 views · 23.06.2026 · 14:55