"O'zbekneftgaz" va SOCAR energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

"O'zbekneftgaz" va SOCAR energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

"O'zbekneftgaz" va SOCAR energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Baku Energy Week – 2026” xalqaro energetika haftaligi doirasida «O‘zbekneftgaz» Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov hamda "SOCAR" kompaniyasi prezidenti Rovshan Najaf o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot avvalida Abdug‘ani Sanginov Ozarbayjon tomoniga Baku energetika haftaligida ishtirok etish uchun taklif hamda ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.

Muzokaralar chog‘ida Toshkent shahrida erishilgan kelishuvlar davomi sifatida mahsulot taqsimotiga oid bitim loyihasi bo‘yicha 2029 yilga qadar mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani qayd etildi.

Shu bilan birga, geofizik ma’lumotlarni interpretatsiya qilish ishlarini yakunlash buyicha loyihada belgilangan muddatlarni qisqartirish masalalari ham muhokama qilindi.

Tomonlar ish jarayonlarini optimallashtirish va loyiha bosqichlarini jadallashtirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuvda kompaniyalar va xalqlar manfaati yo‘lida ijtimoiy loyihalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling