“O‘zbekneftgaz” va “Sinosur” moliyalashtirishni kengaytirmoqda

“O‘zbekneftgaz” va “Sinosur” moliyalashtirishni kengaytirmoqda

“O‘zbekneftgaz” va “Sinosur” moliyalashtirishni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2026” xalqaro ko‘rgazma va anjumani doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov Xitoyning yirik eksport-kredit agentligi “Sinosure” korporatsiyasi rahbari Shen Xetay boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab “O‘zbekneftgaz” AJ bilan ko‘p yillik hamkorlik doirasida burg‘ilash uskunalari va quvur mahsulotlari xaridi uchun eksport-kredit moliyalashtirish mexanizmlari samarali yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Muzokaralar davomida tomonlar moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Abdug‘ani Sanginov “Sinosure” bilan hamkorlik “O‘zbekneftgaz”ning investitsiyaviy loyihalarini samarali moliyalashtirish va yirik texnologik xaridlarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, kelgusida ham sheriklikni izchil rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi moliyaviy loyihalar ustida ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling