O‘zbekistonlik bokschilar Manchesterdagi oqshomda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

O‘zbekistonlik bokschilar Manchesterdagi oqshomda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

O‘zbekistonlik bokschilar Manchesterdagi oqshomda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Manchester shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar Bahodir Jalolov va Javohir Ummataliyev raqiblari ustidan ishonchli muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

Ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov xorvatiyalik bokschi Agron Smakichiga qarshi jang qildi va sakkizinchi raundda texnik nokaut orqali g‘alaba qozondi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik og‘ir vazn toifasidagi bokschi professional ringda superog‘ir divizion yetakchilaridan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Yana bir jangda jahon chempioni Javohir Ummataliyev polyak sportchisi Damian Drabik bilan to‘qnash keldi. Jang ikkinchi raundning o‘zida yakunlandi — o‘zbekistonlik bokschi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan nokaut bilan g‘alaba qozondi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling