O‘zbekistondan uch tennischi Uimbldonda ishtirok etadi
O‘zbekistondan uch tennischi Uimbldonda ishtirok etadi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 29 iyundan 12 iyulga qadar Londonda tennis bo‘yicha eng nufuzli musobaqalardan biri hisoblangan «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining asosiy bahslari bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini uch nafar tennischi himoya qiladi.
Jahon reytingida 65-o‘rinni egallab turgan Kamilla Rahimova musobaqaning asosiy to‘riga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi.
Mariya Timofeyeva va Polina Kudermetova esa asosiy to‘rga saralash bosqichi orqali chiqish uchun kurashmoqda va bugun hal qiluvchi uchrashuvlarda maydonga tushadi.
Timofeyeva britaniyalik Xizer Uotsonga qarshi bahs olib borsa, Kudermetova neytral maqomda ishtirok etayotgan Alina Charayeva bilan kuch sinashadi.