O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda yanvar-noyabr oylarida 382 905 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan

Dilafro'z Niyazova · 21.12.2024 · 13:25 · 937 views
O‘zbekistonda yanvar-noyabr oylarida 382 905 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan
O‘zbekistonda yanvar-noyabr oylarida 382 905 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida 382 905 dona turli modeldagi yengil avtomobillar ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Ishlab chiqarishning asosiy qismini UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar tashkil etdi: Chevrolet Cobalt — 149 790 dona, Chevrolet Damas — 92 011 dona, Chevrolet Tracker — 40 718 dona, Chevrolet Onix — 36 408 dona, Chevrolet Gentra — 12 837 dona.

Shuningdek, KIA — 19 328 dona, Chery — 6 301 dona, Haval — 2 473 dona va Lada — 6 dona avtomobil ishlab chiqarildi.

Qolaversa, O‘zbekistonda 23 033 dona maxsus yengil avtomobillar ham ishlab chiqarildi.