O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda qaysi sohada yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilmoqda?

Dilafro'z Niyazova · 03.02.2025 · 17:15 · 678 views
O‘zbekistonda qaysi sohada yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilmoqda?
O‘zbekistonda qaysi sohada yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilmoqda? / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 79 667 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

savdo sohasida – 28 026 ta;

sanoat sohasida – 12 938 ta;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 9 117 ta;

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 6 506 ta;

qurilish sohasida – 3 927 ta;

axborot va aloqa sohasida – 2 931 ta;

tashish va saqlash sohasida – 2 753 ta;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 1 523 ta;

boshqa sohalarda – 11 946 ta.