O‘zbekistonda pora ishi bo‘yicha profilaktika inspektori qo‘lga olindi

O‘zbekistonda pora ishi bo‘yicha profilaktika inspektori qo‘lga olindi

O‘zbekistonda pora ishi bo‘yicha profilaktika inspektori qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori joriy yil fevral oyida 1990 y.t. I.Saidov yetakchiligidagi jinoiy guruh tomonidan 1994 y.t. fuqaroga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha holatni “bosdi-bosdi” qilib berish evaziga undan olgan 2700 AQSH dollaridan muqaddam 1000 dollarini jabrlanuvchiga bergan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, profilaktika inspektori jabrlanuvchiga 300 AQSH dollari bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, profilaktika inspektorining mazkur noqonuniy harakatiga aloqador bo‘lgan hamkasbini ham jinoyat ishiga jalb qilish choralari ko‘rilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling