Valyuta kurslari 05/12/2024
$1 – 12813.04
UZS – -0,1%
€1 – 13457.54
UZS – -0,27%
₽1 – 122.60
UZS – 1,34%
Qidirish
O‘zbekiston 30/10/2024 O‘zbekiston vaTurkiya TDT doirasidagi hamkorligi - butun mintaqa uchun muvaffaqiyatli iqtisodiy integratsiya modeli

O‘zbekiston vaTurkiya TDT doirasidagi hamkorligi - butun mintaqa uchun muvaffaqiyatli iqtisodiy integratsiya modeli

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) bo‘lim boshlig‘i Alisher Kаdirov "TDT va O‘zbekiston-Turkiya strategik munosabatlarining istiqbollari" mavzusidagi O‘zbekiston-Turkiya davra suhbati davomida shunday fikr bildirdi.

SMTI eksperti ta’kidlaganidek, global geosiyosiy o'zgarishlar sharoitida TDT Yevroosiyo makonida asosiy o‘yinchiga aylanib, turkiy mamlakatlarni qudratli iqtisodiy va siyosiy ittifoqqa birlashtirmoqda. "Bu fonda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi aloqalar jadal rivojlanib borayotgani ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi," - dedi u.

Shu nuqtai nazardan, u ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning jadal rivojlanishiga e’tibor qaratib, so‘nggi besh yil ichida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 1,3 baravarga, O’zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 3 baravarga ko‘payib, 1898 taga yetganini, Turkiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi esa 10 baravarga oshganini qayd etdi. O‘tgan yil davomida 260 ta yangi O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi, bu esa Turkiyani O‘zbekistondagi qo‘shma korxonalar soni bo‘yicha boshqa hamkorlar orasida uchinchi o‘ringa olib chiqdi.

"Aniq gapiradigan bo‘lsak, 2023-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3,1 milliard dollarga yetdi. Bunga har ikki mamlakatning TDTdagi faol ishtiroki tufayli erishildi, bu esa qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish uchun noyob maydon yaratadi," - deya izoh berdi Alisher Qodirov.

Shunday qilib, SMTI vakilining xulosasiga ko'ra, O'zbekiston va Turkiya savdo aloqalarini mustahkamlashga qat'iy intilishlarini namoyish etmoqda. Erishilgan muvaffaqiyatlarga qaramay, har ikki davlat o‘z oldiga yanada ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadida imtiyozli savdo bitimi doirasida bojxona tariflarini pasaytirish rejalashtirilmoqda.

«Uzoq muddatli istiqbolda biz yanada hayratlanarli natijaga erishmoqchimiz – oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilganmiz. Tovar ayirboshlashning bunday darajasi mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish salohiyatiga ega bo‘lib, uni mintaqa iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biriga aylantiradi», — deya xulosa qildi ekspert.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 29-noyabr kuni Toshkentda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi Turkiyaning «Marmara Group» Strategik va ijtimoiy tadqiqotlar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari ham ishtirok etdi. Turkiya tomonidan Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi va Turkiya parlamenti a’zolari qatnashdi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling