O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston va Xorvatiya iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

UzDaily · 24.07.2025 · 15:00 · 613 views
O‘zbekiston va Xorvatiya iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Xorvatiya iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Xorvatiya Respublikasi iqtisodiyot vaziri Ante Shushnyar o‘rtasida onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, institutsional asosda o‘zaro aloqalarni kuchaytirish hamda joriy yildagi o‘zaro tashriflarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralarda energetika va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, sanoat, transport va logistika, agro-sanoat kompleksi hamda turizm kabi ustuvor sohalarda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muloqot yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq amaliy qadamlar belgilandi.

UzDaily · 👁 613 views · 24.07.2025 · 15:00