O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida to‘qimachilik sohasida hamkorlik

Dilafro'z Niyazova · 11.06.2025 · 12:30 · 337 views
O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida to‘qimachilik sohasida hamkorlik
O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida to‘qimachilik sohasida hamkorlik

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 10-iyun kuni, IV Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi (TIIF-2025) doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Mirmuhsin Sultanov hamda Polshaning Podkarpati voyevodligining birinchi vitse-marshali Karol Voytsex Ojog o‘rtasida ushrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar to‘qimachilik sanoatida hamkorlik qilish imkoniyatlarini, jumladan, qo‘shma loyihalar amalga oshirish va investitsiya aloqalarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.