O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Pokiston parlamentlararo aloqalari mustahkamlanmoqda

Dilafro'z Niyazova · 05.04.2025 · 10:45 · 607 views
O‘zbekiston va Pokiston parlamentlararo aloqalari mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston va Pokiston parlamentlararo aloqalari mustahkamlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqlarning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi parlamenti Senati Raisi Yusuf Rizo G‘iloni boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston parlamentlararo munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.  

Tomonlar ikki davlat parlamentlaridagi do‘stlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish, yosh parlament aʼzolari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, parlament institutlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishuvga erishdi.