O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Ozarbayjon yangi loyihalarni muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 20.08.2026 · 11:20 · 41 views
O‘zbekiston va Ozarbayjon yangi loyihalarni muhokama qildi
O‘zbekiston va Ozarbayjon yangi loyihalarni muhokama qildi / Foto: Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 19 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Samir Sharifov o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilik doirasida O‘zbekiston–Ozarbayjon munosabatlarining bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Siyosiy muloqotni mustahkamlash va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv mavzularidan biri oliy darajada bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalasi bo‘ldi. Shuningdek, ikki mamlakat vakillari savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Ustuvor yo‘nalishlar qatorida transport va logistika, energetika, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlik qayd etildi.

Tomonlar amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish zarurligini taʼkidladi. Xususan, yangi qo‘shma sanoat loyihalarini ilgari surish va ikki tomonlama savdoni yana-da oshirish uchun mavjud salohiyatdan to‘liqroq foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar ishtirokchilari sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida hamkorlikni faollashtirish istiqbollarini ham alohida taʼkidladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Ozarbayjon vakillari o‘zaro manfaatdor bo‘lgan mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.